privacy statement
Ushbu Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi siyosati (bundan keyin - Siyosat) www.wedigital.uz (bundan keyin - Sayt) manzili bo‘yicha internet tarmog‘idagi veb-saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlarga nisbatan amal qiladi.
Saytdan foydalanish Foydalanuvchining ushbu Siyosatga va unda ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash shartlariga so‘zsiz roziligini anglatadi; ushbu shartlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi Saytdan foydalanishdan voz kechishi lozim.
1.1. Mazkur Siyosat doirasida Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari deganda quyidagilar tushuniladi:
1.1.1. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish (hisob qaydnomasini yaratish) yoki Saytdan foydalanish jarayonida o‘zi haqida mustaqil ravishda taqdim etadigan shaxsiy ma’lumotlar, jumladan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari.
1.1.2. Sayt ma’muriyati odatda foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshirmaydi va ularning muomalaga layoqatliligini nazorat qilmaydi. Biroq, Sayt ma’muriyati foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish shaklida so‘ralgan savollarga ishonchli va yetarli shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishiga va ushbu ma’lumotlarni dolzarb holatda saqlab turishiga asoslanadi. Noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish xavfi uni taqdim etgan foydalanuvchi zimmasida bo‘ladi.
1.1.3. Mazkur Maxfiylik siyosati faqat www.wedigital.uz saytiga nisbatan qo‘llaniladi. www.wedigital.uz sayti ̶ foydalanuvchi www.wedigital.uz sayti sahifalarida mavjud havolalar orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan uchinchi shaxslar saytlarini nazorat qilmaydi va ular uchun javobgar emas.
2.1. Sayt shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi maqsadlarda to‘playdi va saqlaydi:
2.2.1. Foydalanuvchi bilan teskari aloqani o‘rnatish, jumladan, Saytdan foydalanishga oid xabarnomalar, so‘rovnomalar yuborish, Foydalanuvchining so‘rovlari va murojaatlarini ko‘rib chiqish.
2.2.2. Saytning ishlash sifatini, foydalanish qulayligini oshirish, yangi xizmatlar va imkoniyatlarni ishlab chiqish.
2.2.3. Reklama faoliyatini amalga oshirish.
3.1. Faqat Foydalanuvchini identifikatsiya qilish va u bilan teskari aloqani ta’minlaydigan shaxsiy ma’lumotlar to‘planishi lozim.
3.1.1. Foydalanuvchining roziligi bilan Sayt quyidagi ma’lumotlarni oladi:
Ba’zi ma’lumotlar Foydalanuvchining qurilmasiga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot yordamida Saytdan foydalanish jarayonida avtomatik tarzda Sayt xizmatlariga uzatiladi, jumladan:
4.1. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar u bilan teskari aloqani amalga oshirish, jumladan, xabarnomalar yuborish uchun ishlatiladi.
5.1. Sayt Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘zining ichki tartib-qoidalariga muvofiq saqlaydi.
5.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi saqlanadi, Foydalanuvchi o‘zi haqidagi ma’lumotni cheklanmagan doiradagi shaxslarga umumiy foydalanish uchun ixtiyoriy ravishda taqdim etish hollari bundan mustasno.
5.3. Sayt quyidagi hollarda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga uzatishga haqli:
5.3.1. Foydalanuvchi bunday harakatlarga rozilik bildirgan bo‘lsa.
5.3.2. Ma’lumotlarni uzatish Foydalanuvchi tomonidan ma’lum bir xizmatdan foydalanish yoki Foydalanuvchi bilan tuzilgan muayyan kelishuv yoki shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lsa.
5.3.3. Ma’lumotlarni uzatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazarda tutilgan bo‘lsa.
5.3.4. Foydalanuvchi Saytdan foydalanish shartlarini buzgan hollarda, Sayt ma’muriyati yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini ta’minlash maqsadida.
5.4. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish muddatsiz, har qanday qonuniy usulda, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlarning axborot tizimlarida avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladi. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi "Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
5.5. Shaxsiy ma’lumotlar yo‘qolganda yoki oshkor etilganda, Sayt ma’muriyati Foydalanuvchini bu haqda xabardor qiladi.
5.6. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy yoki tasodifiy foydalanish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish, shuningdek, uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy harakatlaridan himoya qilish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi.
5.7. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchi bilan hamkorlikda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari yo‘qolishi yoki oshkor etilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar yoki boshqa salbiy oqibatlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.
6.1. Sayt ma’muriyati quyidagilarga majbur:
6.1.1. Olingan ma’lumotlardan faqat ushbu Maxfiylik siyosatida ko‘rsatilgan maqsadlardagina foydalanish.
6.1.2. Maxfiy axborotni sir saqlashni ta’minlash, Foydalanuvchining oldindan yozma ruxsatisiz oshkor qilmaslik, shuningdek Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini sotmaslik, almashtirmaslik, e’lon qilmaslik yoki boshqa har qanday usulda oshkor qilmaslik, ushbu Maxfiylik siyosatida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
6.1.3. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko‘rish, odatda mavjud tijorat muomalasida bunday turdagi ma’lumotlarni himoya qilish uchun qo‘llaniladigan tartibga muvofiq ravishda.
7.1. Sayt ma’muriyati ushbu Maxfiylik siyosatiga Foydalanuvchining roziligisiz o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
7.2. Yangi Maxfiylik siyosati, agar yangi tahrirdagi Maxfiylik siyosatida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, u Saytga joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
7.3. Ushbu Maxfiylik siyosatiga oid barcha takliflar yoki savollarni Sayt ma’muriyatiga quyidagi manzilga yuborish lozim: info@wedigital.uz
7.4. Amaldagi Maxfiylik siyosati quyidagi sahifada joylashtirilgan: www.wedigital.uz